Kelinni ko‘rib hushidan ketgan kuyov: to‘yda kutilmagan holat (video)

Kelinni ko‘rib hushidan ketgan kuyov: to‘yda kutilmagan holat (video)

Indoneziyada o‘tkazilgan to‘y marosimi davomida kutilmagan va biroz kulgili holat yuz berdi — kuyov kelinni ilk bor ko‘rgan zahoti hushidan ketib yiqildi.

Voqea jarayonida kelin orqa tomoni bilan turgan kuyovga asta-sekin yaqinlashadi. Marosimning eng hayajonli lahzalaridan biri — kuyovning kelinni birinchi bor ko‘rish payti kelganda, u asta o‘girilib, kelinning yuziga qaraydi. Shu zahoti kuyov ko‘zlarini ro‘molcha bilan yopadi va bir necha soniyadan so‘ng birdaniga yerga yiqilib tushadi.

Atrofdagilar bu holatdan hayratga tushib qolishadi, ba’zilar esa kuyovga yordam berishga shoshiladi. Voqea qisqa vaqt ichida ijtimoiy tarmoqlarda keng tarqalib, turli munozaralarga sabab bo‘ldi.

Izohlarda esa fikrlar turlicha bo‘ldi: ayrim foydalanuvchilar kuyovning ozg‘in ekanini ta’kidlab, u kamqonlik yoki holsizlik sabab hushidan ketgan bo‘lishi mumkinligini yozishdi. Yana boshqalar esa hazilomuz tarzda: “Kelin hali yuzini yuvmasdan shunaqa bo‘lsa, yuzini yuvganidan keyin nima bo‘larkan?” deya kulgili izohlar qoldirishdi.

Har holda, ushbu noodatiy holat to‘y mehmonlari uchun ham, internet foydalanuvchilari uchun ham uzoq vaqt esda qoladigan voqealardan biriga aylandi.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar