Foto: AP
Somali xavfsizlik xizmatlari xodimlari chorshanba kuni poytaxt Mogadishoda jamoat ishlari va mamlakatni qayta tiklash bo‘yicha vazirini otib tashlashgan. Polisiyadagilarning Reyter agentligiga ma’lum qilishlaricha, vazirni tushunmovchilik tufayli islomiy jangari deb o‘ylashgan.
Ilgariroq, Somali hisob palatasi raisining tansoqchilari jamoat ishlari va mamlakatni qayta tiklash bo‘yicha vaziri Abbos Abdullohiyni mamlakat poytaxti Mogadishoning markazida otib tashlashgani haqida xabarlar berilgan edi. Soqchilar prezident saroyining oldidagi nazorat-o‘tkazish punktida vazir kelayotgan avtomobilga qarata o‘t ochishgan. O‘t ochishning sabablari va tafsilotlari keltirilmayotgan edi.
Mogadisho merligi vakili Abdulfattoh Umarning Halaniyning bayon qilishicha, vazir «xato tufayli» o‘ldirilgan. «Ular avtomobilga qarata tasodifan o‘t ochishgan», — degan u. Polisiya vakili Nur Hussaynning so‘zlariga ko‘ra, ko‘chalarda patrullik qilayotgan xavfsizlik xizmati xodimlari ko‘chalardan birini to‘sib turgan avtomobilni ko‘rib qolgan va uni jangarilar boshqarayotgan deya gumon qilib, o‘t ochgan.
Somalida markaziy hukumatga qarshi qurolli kurashayotgan hamda BMTning insonparvarlik faoliyatiga to‘siq bo‘layotgan «Ash-Shabob» terrorchilik tashkiloti faoliyat olib boradi. Guruh AQShning terrorchilik tashkilotlari ro‘yxatiga 2008 yilda kiritilgan va unga nisbatan mamlakat hududida sanksiyalar amal qiladi. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
Yangihayot tumani sudyasi pora bilan qo‘lga tushgani rad etildi
“Zenit” futbolchisi Fayzullayev haqida nimalar dedi?
Filippinda qurib qolgan suv to‘g‘oni ostida 300 yillik shahar qoldiqlari topildi
O‘zbekiston Bibixonim masjidini rekonstruksiya qilayotgan Qatarga minnatdorlik bildirdi
Toshkent viloyatida 17 ta noqonuniy mayner davlatga 16 milliard so‘m zarar yetkazdi
Xalqaro sud: Germaniya Isroilga harbiy yordamni to‘xtatishga majbur emas