Indoneziyada to‘rt o‘g‘ri qo‘shnilar yordamida ajoyib va kulguli tarzda ushlandi

Indoneziyalik bir yigit uyiga qayta-qayta o‘g‘ri tushayotganidan keyin qo‘shnilarini yordamga chaqirdi. U huquqni muhofaza qiluvchi organlardan natija chiqmaganini aytib, o‘g‘rilarni o‘zi ushlashga harakat qildi.
Kechasi bog‘ga maxsus tuzoq qo‘yildi. Natijada ichkariga kirgan to‘rt nafar gumonlanuvchi shu yerning o‘zida ushlandi.
Uy egasi va qo‘shnilari ularni harakatlana olmaydigan holatga keltirish uchun skotch bilan mahkam o‘rab qo‘ydi. Bundan tashqari, tasmadan boshlariga kulgili shakllar yasalgan.
Kadrlar internetga joylanganidan so‘ng qisqa vaqt ichida ko‘plab tomoshabinlarni jalb qildi. Voqea tarmoqlarda keng muhokama qilinmoqda.
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling































Izohlar 0
…