Gulchehra Jamilovaning 80 yoshga to‘lgani munosabati bilan Ozodbek Nazarbekov tabrik yo‘lladi

O‘zbekiston xalq artisti Gulchehra Jamilova 80 yoshga to‘ldi. Shu munosabat bilan madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekovning tabrigi yetkazildi.
Qutlov matnini vazirning birinchi o‘rinbosari Avazxon Tojixonov o‘qib berdi. Unda aktrisaning o‘zbek teatri va kinosidagi ko‘p yillik faoliyati, yaratgan rollari hamda milliy madaniyat rivojiga qo‘shgan hissasi qayd etildi.
Marosimda Gulchehra Jamilova "Madaniyat va san’at fidokori" ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi. Mukofot unga san’at sohasidagi mehnati, yoshlar tarbiyasidagi ishtiroki va milliy madaniyatni rivojlantirishdagi xizmatlari uchun berildi.
Tadbirda aktrisaning hamkasblari, shogirdlari va san’at vakillari qatnashdi. Ular Gulchehra Jamilovaning teatr va kino taraqqiyotidagi xizmatlarini tilga oldi.
Madaniyat vazirligi jamoasi yubilarga mustahkam sog‘liq va ijodiy faoliyat tiladi.































Izohlar 0
…