12 yil asirlikda saqlangan fransiyalik ayol nihoyat qutqarildi

Pokistonda 54 yoshli Fransiya fuqarosi Silvi Yasmina va uning besh nafar farzandi 12 yil davom etgan dahshatli asirlikdan qutqarildi. Ma’lum bo‘lishicha, ayol shu yillar mobaynida eri tomonidan uyda majburan saqlanib, muntazam ravishda jismoniy va ruhiy zo‘ravonlikka uchragan.
Mazkur dahshatli voqea ayolning o‘g‘illaridan biri uydan yashirincha qochishga muvaffaq bo‘lgach, politsiyaga murojaat qilishi ortidan fosh etilgan. O‘smir bergan ma’lumotlar asosida huquq-tartibot idoralari maxsus reyd o‘tkazgan.
Tezkor amaliyot davomida Silvi Yasmina va uning besh nafar farzandi xavfsiz tarzda qutqarildi. Ularni yillar davomida erkinlikdan mahrum qilib kelgan erkak esa voqea joyida qo‘lga olinib, hibsga olindi.
Hozirda jabrlanuvchi ayol va uning farzandlari davlat himoyasiga olingan. Ularga zarur tibbiy va psixologik yordam ko‘rsatilayotgani ma’lum qilindi.
Huquqni muhofaza qiluvchi organlar mazkur holat yuzasidan keng qamrovli tergov olib bormoqda.






























Izohlar 0
…