O‘zbekistonda "Kirish taqiqlanadi" belgisi o‘rniga haqiqiy g‘isht osib qo‘yildi

O‘zbekistonda "Kirish taqiqlanadi" belgisi o‘rniga haqiqiy g‘isht osib qo‘yildi

O‘zbekistondagi mahallalardan birida "Kirish taqiqlanadi" yo‘l belgisi o‘rniga devorga haqiqiy g‘isht osib qo‘yildi.

Ma’lum qilinishicha, aholi maxsus belgini o‘rnatish o‘rniga g‘ishtni devorga mahkamlab, shu orqali hududga kirish mumkin emasligini anglatmoqchi bo‘lgan.

Noqulay, ammo hazilomuz ko‘rinishdagi bu "belgi" aks etgan suratlar ijtimoiy tarmoqlarda tez tarqaldi. Foydalanuvchilar uni «eng xalqona yechim» deb atayapti.

Tarmoqlarda "Belgiga qaramay kirgan odamga jarimadan oldin g‘ishtning o‘zi tegishi mumkin", degan hazillar ham paydo bo‘ldi.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar