Argentina terma jamoasining Mayami aeroportidagi tekshiruvi Messining kulgusiga sabab bo‘ldi

Mayamidagi o‘yin oldidan Argentina terma jamoasi futbolchilari aeroport tekshiruvidan o‘tdi. Jamoa bilan birga Lionel Messi ham nazorat jarayonida ishtirok etdi.
Bu holat Messi uchun biroz kulgili ko‘rindi. Sababi u Mayami shahrida faoliyat olib boradi va mahalliy "Inter Mayami" klubining futbolchisi hisoblanadi.
Shunday bo‘lsa-da, Argentina sardori ham qolgan futbolchilar kabi umumiy tartibga amal qildi. Uning jarayon vaqtida kulib turgan kadrlari tarmoqlarda tarqaldi.

Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling































Izohlar 0
…