“Barbie" yulduzi Margo Robbi 36 yoshni qarshi oldi

Kecha, 2 iyul kuni Gollivudning eng mashhur aktrisalaridan biri Margo Robbi 36 yoshni qarshi oldi. Dunyo kino ixlosmandlari uni, avvalo, "Barbie" filmidagi bosh qahramon hamda Harli Kuin obrazi orqali yaxshi taniydi.
Biroq bugungi muvaffaqiyatga erishish Margo Robbi uchun oson kechmagan. Aktrisa Gollivudga kirib kelishidan avval oilasiga ko‘maklashish maqsadida turli kasblarda mehnat qilgan. Uning qat’iyati va tinimsiz izlanishlari qisqa vaqt ichida uni kino sanoatining eng talabgir va eng yuqori gonorar oladigan aktrisalaridan biriga aylantirdi.
Margo Robbi faoliyati davomida "Uoll-strit bo‘risi", "O‘tmishda… Gollivudda" hamda "Barbie" kabi mashhur filmlardagi rollari bilan millionlab muxlislar e’tirofiga sazovor bo‘ldi. Har bir obraz orqali u o‘zining iste’dodi va mahoratini yana bir bor namoyon etdi.
Qizig‘i shundaki, bugungi kunda Margo Robbi nafaqat muvaffaqiyatli aktrisa, balki yirik kino loyihalarining prodyuseri sifatida ham faoliyat yuritmoqda. U suratga tushayotgan filmlarning ishlab chiqarilishida ham bevosita ishtirok etib, Gollivuddagi eng nufuzli ijodkorlardan biriga aylangan.






























Izohlar 0
…