Volkswagen zavodlari yopiladimi? Minglab xodimlar taqdiri hal bo‘lmoqda

Avto1 daqiqa o'qish78
Volkswagen zavodlari yopiladimi? Minglab xodimlar taqdiri hal bo‘lmoqda
QisqachaAI yordamida tayyorlanganKo‘rsatish
  • Germaniyaning Volkswagen kompaniyasi mamlakatdagi to‘rtta zavodini yopish va 100 ming nafargacha xodimni qisqartirish ehtimolini ko‘rib chiqmoqda.
  • Reuters agentligi xabariga ko‘ra, Hannover, Zwickau, Emden shaharlaridagi korxonalar va Audining Nekkarzulm shahridagi zavodi yopilishi natijasida 45 mingdan ortiq ish o‘rni yo‘qolishi mumkin.

Germaniyaning mashhur avtomobil ishlab chiqaruvchisi Volkswagen mamlakatdagi to‘rtta zavodini yopish va xodimlar sonini 100 ming nafargacha qisqartirish ehtimolini ko‘rib chiqmoqda. Bu haqda Reuters agentligi kompaniyadagi manbalariga tayanib xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, mazkur reja kompaniyaning kuzatuv kengashi a’zolariga taqdim etilgan bo‘lib, u 9 iyul kuni bo‘lib o‘tadigan yig‘ilishda muhokama qilinishi kutilmoqda.

Xabarlarga ko‘ra, Hannover, Zwickau, Emden shaharlaridagi zavodlar hamda Audi kompaniyasining Nekkarzulm shahrida joylashgan korxonasi yopilishi mumkin. Bu esa 45 mingdan ortiq ish o‘rnining qisqarishiga sabab bo‘ladi. Mazkur ko‘rsatkich Volkswagen avvalroq e’lon qilgan 50 ming nafar xodimni qisqartirish rejasiga qo‘shimcha bo‘ladi.

Agar ushbu reja amalga oshirilsa, 100 ming nafargacha xodimning ishdan bo‘shatilishi va to‘rtta yig‘uv zavodining yopilishi jahon avtomobil sanoati tarixidagi eng yirik restrukturizatsiyalardan biri sifatida qayd etilishi mumkin.

Reuters manbalariga ko‘ra, kompaniya bosh direktori Oliver Blume ushbu tashabbusni hafta boshida yuqori lavozimli menejerlarga taqdim etgan. U keng ko‘lamli islohotlarni amalga oshirishni rejalashtirayotgan bo‘lsa-da, mazkur qaror kasaba uyushmalari hamda kompaniyaning ikkinchi yirik aksiyadori sanalgan Germaniyaning Quyi Saksoniya yer hukumati qarshiligiga uchrashi mumkin.

Shuningdek, Volkswagen keyingi besh yil davomida investitsiyalar hajmini taxminan 15 foizga qisqartirish, uni 130 milliard yevrodan biroz yuqori darajaga tushirish rejasini ham ko‘rib chiqmoqda. Bundan tashqari, kompaniya o‘zining asosiy Volkswagen brendi va ehtiyot qismlar biznesini alohida tuzilmalarga ajratish masalasini ham muhokama qilmoqda.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?