Xitoy va Rossiya chegarasida yashirin er osti yo‘li topildi. O‘tgan asrning 30 yillarida Manchjuriya Yaponiya tomonidan bosib olingan paytda razvedkachilar undan foydalangan. Bu haqda «Nat-geo.ru»ga asoslanib «Daryo.uz» xabar bermoqda.
1931–1932 yillarda yapon qo‘shinlari Manchjuriyaga bostirib kirgan. Bunga javoban Yaponiyaga qarshi Shimoli-Sharqiy partizanlik birlashmasi tarkib topgan. Chegara er osti yo‘li birlashgan armiya ehtiyojlari uchun qazilgan bo‘lib, yaqindagina topildi. Dunnin muzeyi xodimlari KXDRga tashrif buyurish chog‘ida yashirin er osti yo‘lini qazishda ishtirok etgan Shimoliy Koreya mutaxassislari haqida xabar topdi. Tadqiqot ishlari olib borilishi natijasida ushbu ob’ekt topildi.
Er osti yo‘li Xeylunszyan tumanidagi Dunnin uezdini Rossiya Primoresi bilan birlashtirgan. Mutaxassislar fikricha, ushbu er osti yo‘lidan Xitoy razvedkasi bilan Uzoq Sharqdagi Sovet Ittifoqi razvedka boshqarmasi o‘rtasida ma’lumot almashish uchun foydalanilgan. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
22 noyabr kuni Cobalt avtomobiliga shartnoma ochilishi e’lon qilindi
Xonanda Ruxshona uylanmagan yigitga turmushga chiqqani haqida so‘zlab berdi
Diniy qo‘mita Umra ziyoratini tashkil qilish uchun 12 ta turfirmaga litsenziya berdi
Superliga. "Neftchi" bir kishi kam bo‘lib qolgan "Nasaf"ni mag‘lub etdi
Peskov maxsus harbiy operatsiya qachon tugashini aytdi
JCH-2026 saralashi. Indoneziya Saudiya Arabistonini sensatsion tarzda mag‘lubiyatga uchratdi