Hindistonlik sevishganlar Rossiyalik ruferlarning xavfli harakatini takrorlashga urindi (video)

Hindistondagi qishloqlardan birida sevishganlar ijtimoiy tarmoq uchun romantik rolik tayyorlash maqsadida yuqori kuchlanishli elektr uzatish minorasiga chiqqan.
Ma’lum bo‘lishicha, ular Rossiyalik ruferlar Anjela Nikolau va Ivan Birkusning Nyu-Yorkdagi chiqishini takrorlashga uringan.
Yoshlar qishloqdagi eng baland inshoot tepasiga ko‘tarilganidan keyin mahalliy aholi xavfdan xavotirlanib, huquqni muhofaza qiluvchi organlarga murojaat qilgan. Politsiya va mas’ul xodimlar ularni xavfsiz holda pastga tushirgan.
Mutaxassislar elektr uzatish liniyalari yaqinida hatto simlarga tegmasdan turib ham kuchli tok zarbasi olish mumkinligini ta’kidlamoqda. Balandlikdagi noto‘g‘ri harakat esa qulash xavfini yanada oshiradi.
Avvalroq, 1 iyul kuni Anjela Nikolau va Ivan Birkus "Empire State Building" binosining yuqori qismida nikoh taklifi sahnasini uyushtirgan edi.
Ular voqeadan so‘ng ushlangan va sakkizta ayblov e’lon qilingan. Ish bo‘yicha sud jarayoni 24 avgust kuni o‘tkazilishi kutilmoqda.































Izohlar 0
…