Rossiyada benzin tanqisligi otlarga bo‘lgan talabni keskin oshirdi

Rossiyaning ayrim hududlarida yoqilg‘i taqchilligi sabab otlarga bo‘lgan talab keskin ortdi. Benzin topish qiyinlashgani ortidan qishloq aholisi avtomobillar o‘rniga yana an’anaviy transport vositasi — otlardan foydalanishga qaytmoqda.
Mahalliy aholi fikricha, ot boqish ayrim hollarda UAZ yoki Niva avtomobillarini muntazam yoqilg‘i bilan ta’minlashdan ham arzon va qulayroq. Otlar yo‘lsiz hududlarda harakatlanish, o‘rmonga borish, pichan tashish hamda turli xo‘jalik ishlarini bajarishda samarali vosita bo‘lib xizmat qilmoqda.
Ot fermalari egalari Mash nashriga bergan ma’lumotlariga ko‘ra, so‘nggi haftalarda xaridorlar soni bir necha barobarga oshgan. Avvallari bitta otni sotish uchun oylar davomida kutishga to‘g‘ri kelgan bo‘lsa, hozir ayrim otxonalarda bir oy ichida 7–8 bosh ot sotilmoqda yoki oldindan bron qilinmoqda.
Mutaxassislarning ta’kidlashicha, talabning oshishi mingga yaqin otning qassobga topshirilishining oldini olgan. Hozirda otlarning narxi yoshi, nasli va holatiga qarab 100 mingdan 200 ming rublgacha baholanmoqda.






























Izohlar 0
…