Yo‘qolgan britaniyalik 10 kun Barselonada dam oldi

Yo‘qolgan britaniyalik 10 kun Barselonada dam oldi

Ispaniyaning Barselona shahrida bedarak yo‘qolgan deb qidiruvga berilgan britaniyalik erkak aslida 10 kun davomida shaharda sayr qilib, ta’tilini davom ettirgani ma’lum bo‘ldi. Bu voqea politsiya va uning yaqinlarini hayratda qoldirdi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, Maykl ismli erkak parvoz vaqtida samolyot almashtirish jarayonida telefoni va aviachiptalarini yo‘qotib qo‘ygan. Uyiga qaytishning iloji bo‘lmagach, u vaziyatni muammo sifatida qabul qilish o‘rniga Barselonada qolishga qaror qilgan.

Shu 10 kun davomida u shaharning diqqatga sazovor joylarini kezgan, futbol uchrashuvlarini tomosha qilgan, bar va kafelarda vaqt o‘tkazgan. Bu orada uning yaqinlari esa erkakdan darak bo‘lmagani sabab xavotirga tushib, politsiya hamda Interpolga murojaat qilgan.

Qidiruv ishlari davom etayotgan bir paytda Maykl oradan 10 kun o‘tib Barselonadagi mehmonxonalardan birida topildi. Uning sog‘-salomat ekani aniqlangan bo‘lib, voqea ijtimoiy tarmoqlarda ham keng muhokamalarga sabab bo‘ldi.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar