Dunyodagi eng katta qog‘oz samolyot rekord o‘rnatdi

Italiyada talabalar tomonidan yasalgan ulkan qog‘oz samolyot muvaffaqiyatli parvoz qilib, Ginnesning rekordlar kitobidan joy oldi. Gigant samolyot bir urinishda 59 metr masofani bosib o‘tib, avvalgi rekordni ortda qoldirdi.
Noyob loyiha ustida Piza shahridagi talabalar bir necha oy davomida ishlagan. Ular oddiy qog‘oz samolyotni ulkan o‘lchamda yasash bilan birga, uning haqiqatan ham ucha olishini ta’minlashga muvaffaq bo‘lishdi.
Rekordchi samolyotning uzunligi 7 metr, qanotlari kengligi 20 metr, og‘irligi esa 28,5 kilogrammni tashkil etadi. Shunga qaramay, u havoda 59 metr masofani bosib o‘tib, yangi jahon rekordini o‘rnatdi.
Shu kungacha ushbu yo‘nalishdagi rekord 13 yil davomida Germaniya talabalari qo‘lida edi. Ular uzunligi 5 metr bo‘lgan qog‘oz samolyotni 18 metr masofaga uchirishga muvaffaq bo‘lishgandi. Italiyalik yoshlarning natijasi esa avvalgi rekordni bir necha barobarga yaxshiladi va yangi tarixiy natija sifatida qayd etildi.






























Izohlar 0
…