Pokistonda besh ekipaj a’zosi bo‘lgan yuk samolyoti radardan yo‘qoldi

Pokistonda besh ekipaj a’zosi bo‘lgan yuk samolyoti radardan yo‘qoldi

Pokistonda K2 Airways aviakompaniyasiga tegishli Boeing 737-400 yuk samolyoti Sharjadan Karachiga parvoz vaqtida radardan yo‘qoldi. Samolyot bortida besh nafar ekipaj a’zosi bo‘lgan, deb xabar beradi Anhor.uz.

Ma’lumotlarga ko‘ra, havo kemasi Karachi g‘arbida, Arab dengizi uzra radarlardan yo‘qolgan. Aloqa uzilishidan oldin uchuvchi navigatsiya tizimida muammo borligi haqida xabar bergan.

Pokiston aeroportlari boshqarmasi radarlar samolyotning keskin pastlagani va yo‘nalishini to‘satdan o‘zgartirganini qayd etganini ma’lum qildi. Shundan keyin ekipaj bilan aloqa uzilgan.

Flightradar24 servisi dastlabki ADS-B ma’lumotlari ehtimoliy aviahalokatni ko‘rsatishi mumkinligini bildirgan. Biroq samolyot qulagani hozircha rasman tasdiqlanmagan.

Voqea ehtimol qilingan hududga Pokiston Harbiy-dengiz va Harbiy-havo kuchlari jalb etildi. Qidiruv ishlarida PNS Zulfiqar harbiy kemasi, Saab 2000 Erieye uzoq masofali radiolokatsion kuzatuv samolyoti va Pokiston milliy kema qatnovi korporatsiyasiga qarashli Lahore tijorat kemasi ishtirok etmoqda.

Boeing 737-400 avval yo‘lovchi samolyoti sifatida foydalanilgan. 2012 yilda u yuk tashish uchun qayta jihozlangan.

Pokistondagi so‘nggi yirik aviahalokat 2020 yilda Karachi aeroportiga qo‘nish vaqtida Pakistan International Airlines samolyoti qulashi bilan bog‘liq edi. O‘shanda bortdagi 99 kishidan ikki nafari omon qolgan.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar