20,5 santimetrlik kipriklar: shifokorlar izoh topa olmayapti

20,5 santimetrlik kipriklar: shifokorlar izoh topa olmayapti

Xitoylik Yu Szyansya qariyb o‘n yildan buyon dunyodagi eng uzun tabiiy kipriklar sohibi sifatida Ginnesning rekordlar kitobiga kiritilgan. Eng qizig‘i, uning kipriklari hali ham o‘sishda davom etmoqda. Shifokorlar bu holatga hozirgacha aniq ilmiy izoh topa olmagan.

Yu Szyansyaning nomi ilk bor 2016 yil 28 iyun kuni Ginnes rekordlari kitobiga kiritilgan. O‘shanda uning chap qovog‘idagi eng uzun kiprik 12,4 santimetrni tashkil qilgan. 2021 yilda qayta o‘lchov o‘tkazilgach, rekord yangilanib, kiprik uzunligi 20,5 santimetrga yetgani rasman qayd etildi. Bu ko‘rsatkich hozirgacha jahon rekordi hisoblanadi.

Qizil fonda ayol kishi o‘zining juda uzun kiprigini qo‘li bilan ushlab turibdi.

Kipriklari tez o‘sishni boshlagach, ayol shifokorlarga murojaat qilgan. Mutaxassislar bu holatni gormonal o‘zgarishlar, irsiyat yoki kasalliklar bilan bog‘lashga uringan, ammo tekshiruvlar biror sababni aniqlamagan. Oilasida ham bunday xususiyatga ega inson bo‘lmagani aytilmoqda.

Yu Szyansyaning o‘zi esa kipriklarining g‘ayrioddiy o‘sishini tog‘larda o‘tkazgan ma’naviy yolg‘izlik davridan keyin boshlangani bilan bog‘laydi. U buni nuqson emas, balki taqdirning in’omi deb hisoblaydi.

Rekordchining ta’kidlashicha, uzun kipriklar kundalik hayotiga xalaqit bermaydi. Aksincha, ular tufayli u ko‘z uchun kosmetik vositalardan deyarli foydalanmaydi. Yu

Qizil kiyimdagi ayol qo‘lida oyna ushlab turibdi.

Szyansya o‘zining o‘ziga xos tashqi ko‘rinishi bilan faxrlanishini va kipriklari hali ham o‘sishda davom etayotganini aytib, jahon rekordi yana yangilanishi mumkinligini istisno qilmadi.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar