Amerikalik YouTube bloger 4 litr gazlangan ichimlikni 29,64 soniyada ichib rekord o‘rnatdi! (video)

Amerikalik YouTube bloger  4 litr gazlangan ichimlikni 29,64 soniyada ichib rekord o‘rnatdi! (video)

Amerikalik YouTube bloger va reper Erik Buker bu safar gazlangan ichimlik ichish bo‘yicha rekord o‘rnatdi.

U 4 litr ichimlikni 29,64 soniya ichida ichib tugatgan. Natija Guinness rekordlar kitobi tomonidan rasman tan olindi.

Shundan so‘ng Erik Bukerga mazkur yo‘nalishda eng tez natija qayd etgan inson sifatida maxsus sertifikat berildi.

Buker avvaldan ovqat yeyish bo‘yicha turli chellenj va rekordlari bilan tanilgan. Uning yangi natijasi ham ijtimoiy tarmoqlarda ko‘p muhokama qilinmoqda.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar