Xitoyda suv toshqinidan keyin qishloqlarga ilonlar tarqalib ketdi

Xitoyda suv toshqinidan keyin qishloqlarga ilonlar tarqalib ketdi

Xitoy janubidagi Guansi avtonom rayonida bir nechta qishloqda ilonlar paydo bo‘ldi. Hodisaga "Maysak" to‘fonidan keyin yuzaga kelgan suv toshqinlari sabab bo‘lgani aytilmoqda.

Ma’lumotlarga ko‘ra, hududdagi ilon yetishtirish fermasidan 900 ga yaqin ilon chiqib ketgan. Ularning katta qismi zaharsiz ekani bildirilmoqda, biroq orasida yovvoyi va xavfli turlari ham bo‘lishi mumkin.

Mahalliy aholiga ehtiyotkor bo‘lish, ilonlarni mustaqil ushlashga urinmaslik va bunday holatda mas’ul xizmatlarga xabar berish tavsiya qilingan.

Hozirda qutqaruvchilar va mutaxassislar qishloqlar hududida tarqalib ketgan ilonlarni tutish ishlarini olib bormoqda.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar