Ilk bor robot 6 ming metrlik cho‘qqini zabt etdi

Ilk bor robot 6 ming metrlik cho‘qqini zabt etdi

Ekvadorda Pemba nomli gumanoid robot tarixda ilk bor dengiz sathidan 6 ming metrdan baland cho‘qqiga muvaffaqiyatli ko‘tarilib, yangi rekord o‘rnatdi.

Robot insonlar ko‘magida mamlakatdagi eng baland nuqtalardan biri bo‘lgan Chimboraso vulqoni cho‘qqisini zabt etdi. Mutaxassislarning ta’kidlashicha, ushbu yo‘nalish murakkab rel’efi va balandligi sababli hatto ko‘plab tajribali alpinistlar uchun ham jiddiy sinov hisoblanadi.

Pemba qiyin marshrutni muvaffaqiyatli bosib o‘tib, cho‘qqiga yetganidan so‘ng o‘ziga xos tarzda g‘alabani raqs bilan nishonladi. Ushbu lahzalar aks etgan video ijtimoiy tarmoqlarda keng tarqalib, foydalanuvchilarning e’tiborini tortdi.

Loyiha mualliflari endilikda robotni yanada takomillashtirish ustida ishlamoqda. Ularning navbatdagi maqsadi — Pemba yordamida dunyoning eng baland cho‘qqisi bo‘lgan Everestni zabt etish.

Tog‘ cho‘qqisida alpinist maxsus kiyim kiydirilgan maneken bilan birga turibdi.
Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar