08:56 / 13.05.2017
6 750

AQSh Saudiya Arabistoniga 300 mlrd dollarlik qurol-aslaha sotmoqchi

AQSh Saudiya Arabistoniga 300 mlrd dollarlik qurol-aslaha sotmoqchi
AQSh Saudiya Arabistoni bilan 100 mlrd dollardan ko‘proq qiymatga qurol-aslaha etkazib berish va unga texnik xizmat ko‘rsatish bo‘yicha bir nechta shartnoma tuzmoqchi. Umuman esa ushbu bitimning umumiy qiymati yaqin 10 yil ichida 300 mlrd dollardan oshadi, deb xabar qildi Kun.uz nashri.

Bu haqda noma’lum qolish sharti bilan Oq uydagi yuqori lavozimli amaldor ma’lum qildi. Uning aytishicha, kelishuvlar yakunlovchi bosqichda turibdi va AQSh prezidenti Donald Trampning Ar-Riyozga tashrifigacha yakunlanishi kerak.

Ta’kidlanishicha, AQSh qurol-aslahasining etkazib berilishi qirollik qo‘shinlarining jangovar tayyorgarligini ancha oshiradi. AQSh shu bilan birga Isroil mudofaa qobiliyatini ham qo‘llab-quvvatlashni davom ettiradi.

Tramp keyingi haftada Saudiya Arabistoni, Isroil va Vatikanga tashrif buyuradi, so‘ngra Bryusselda o‘tadigan NATO yig‘ilishi va Sisiliyadagi G7 etakchilari uchrashuviga jo‘naydi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » AQSh Saudiya Arabistoniga 300 mlrd dollarlik qurol-aslaha sotmoqchi