Filippinda banan turidan ajoyib tarzda sumka va ryukzak uchun mato olinmoqda

Filippinda bananning abaka turi faqat qishloq xo‘jaligi mahsuloti sifatida emas, balki sanoat uchun ham muhim xomashyoga aylanmoqda. Mahalliy fermerlar ushbu o‘simlik poyasidan tola ajratib, Bananatex deb ataluvchi ekologik toza mato ishlab chiqarishda ishtirok etyapti.
Avval abaka poyasidan tolalar olinadi. Ular quritilganidan keyin mustahkam ip qilib ishlanadi. Keyin shu ipdan mato tayyorlanadi. Tayyor materialdan sumkalar, ryukzaklar va sayohat buyumlari ishlab chiqariladi.
Bananatex o‘simlik xomashyosidan tayyorlanadi va suvga chidamli xususiyatga ega. Shu sabab u kundalik foydalanish uchun mo‘ljallangan buyumlarda ishlatilmoqda.
Ekologik materiallar bo‘yicha mutaxassislar bunday matolar plastik asosidagi sintetik mahsulotlarga muqobil bo‘lishi mumkinligini ta’kidlaydi. Ulardan foydalanish mikroplastik chiqindilarini kamaytirishga xizmat qiladi.
Loyihaning yana bir tomoni qishloq aholisi bilan bog‘liq. Abaka yetishtirish Filippin fermerlariga doimiy daromad olish imkonini bermoqda. Shu bilan birga, ushbu o‘simlik mahalliy o‘rmonlarni tiklash va tuproqni muhofaza qilish ishlarida ham qo‘l keladi.































Izohlar 0
…