Apple yana dunyoning eng qimmat kompaniyasiga aylandi

Apple bozor qiymati bo‘yicha Nvidia'ni ortda qoldirib, yana dunyodagi eng qimmat kompaniya maqomini qaytarib oldi. Bu haqda Bloomberg xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, 17 iyul kuni Nvidia aksiyalari 3,7 foizga arzonlashib, kompaniyaning bozor qiymati 4,8 trillion dollarga tushdi. Shu bilan birga, Apple aksiyalari 0,4 foizga o‘sib, uning kapitalizatsiyasi 4,9 trillion dollarga yetdi.
Eslatib o‘tamiz, Nvidia 2025 yil may oyidan buyon eng qimmat kompaniya sifatida yetakchilik qilib kelayotgan edi.
Tahlilchilarning fikricha, investorlar endi faqat sun’iy intellekt sohasidagi tez o‘sishga emas, balki barqaror daromadga ega kompaniyalarga ham katta e’tibor qarata boshlagan. Mutaxassislar Apple'ning keng xizmatlari, kuchli ekotizimi va sodiq foydalanuvchilar bazasi kompaniyaning uzoq muddatli o‘sishiga ishonchni yanada mustahkamlayotganini ta’kidlamoqda.






























Izohlar 0
…