Jan-Klod Van Damm musulmon bo‘lganmi: tarmoqdagi xabarlar nimasi bilan bahsli?

Gollivud aktyori Jan-Klod Van Dammning islom dinini qabul qilgani haqidagi gaplar ijtimoiy tarmoqlarda yana muhokama qilinmoqda. Bunga aktyorning avvalgi intervyularidan birida musulmonlar ovqatlanish madaniyati va islomga oid aytgan fikrlari sabab bo‘lgan.
Van Damm suhbatlaridan birida arab taomlari va musulmonlar ovqatlanish tartibini sog‘lom deb baholagani aytilgan. Shu so‘zlardan keyin ayrim foydalanuvchilar u islomni qabul qilgan, degan taxminlarni tarqata boshlagan.
Biroq ochiq manbalarda aktyorning o‘zi islom dinini qabul qilganini rasman tasdiqlagan bayonoti yo‘q. Shuning uchun bu xabarni aniq fakt sifatida berish to‘g‘ri emas.
Shuningdek, Van Dammning islom haqidagi fikrlaridan keyin unga kino rollari berilmay qo‘ygani haqidagi gaplar ham ishonchli manbalar bilan tasdiqlanmagan. Aktyorning o‘g‘li Kristofer ozarbayjonlik Suada Hojizodaga uylangani esa uning shaxsiy diniy e’tiqodiga dalil bo‘la olmaydi.































Izohlar 0
…