Xitoyda plyajga 100 mingga yaqin o‘lik baliqlar chiqib qoldi (video)

Xitoyda plyajga 100 mingga yaqin o‘lik baliqlar chiqib qoldi (video)

Xitoyning Haikou shahri qirg‘oqlarida noodatiy holat kuzatildi. Rongshanliao plyajiga ko‘plab o‘lik baliqlar chiqib qolgan. Mutaxassislar hisobicha, ularning soni 100 mingga yaqin.

Hodisa uzoq vaqt davom etgan yuqori harorat bilan bog‘lanmoqda. Haikou atrofida havo isib ketgani sabab dengiz suvida mikroskopik suv o‘tlari tez ko‘paygan.

Suv o‘tlarining haddan tashqari ortishi suvdagi kislorod miqdorini kamaytirgan. Natijada dengiz fermalarida yetishtirilayotgan baliqlar kislorod yetishmasligidan nobud bo‘lgan.

Keyinchalik oqim va to‘lqinlar o‘lik baliqlarni qirg‘oqqa olib chiqqan. Shu sabab Rongshanliao plyajida katta hajmda baliq to‘planib qolgan.

Mutaxassislar hozirgi holatda asosiy omillar yuqori harorat, suv o‘tlarining tez ko‘payishi va dengiz suvida kislorod kamayishi ekanini bildirmoqda.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar