AQSHlik ayblanuvchi: "Imkonim bo‘lsa, ko‘proq musulmonni o‘ldirar edim"

AQSHlik ayblanuvchi: "Imkonim bo‘lsa, ko‘proq musulmonni o‘ldirar edim"

AQSHning Yuta shtatida joylashgan Uest-Valli-Siti shahridagi savdo markazida musulmon erkakka pichoqli hujum uyushtirgan Piter Maykl Larsenga nisbatan og‘ir jinoyat ayblovlari qo‘yildi. Bu haqda aa.com nashri xabar berdi.

Prokuratura ma’lumotiga ko‘ra, 17 iyul kuni ayblanuvchiga og‘irlashtiruvchi holatlarda qotillikka suiqasd qilish moddasi bo‘yicha ikki epizod asosida rasmiy ayb e’lon qilingan. Tergov ma’lumotlariga ko‘ra, hodisa 13 iyul kuni sodir bo‘lgan. Larsen musulmon erkakka bir necha marta pichoq bilan hujum qilgan.

Qayd etilishicha, jabrlanuvchi tanasining turli qismlariga 15 marta pichoq zarbasi olgan va ko‘p miqdorda qon yo‘qotgan. U shifoxonaga yetkazilgan bo‘lib, uning hozirgi ahvoli haqida rasmiy ma’lumot berilmagan.

Tergov hujjatlarida keltirilishicha, gumonlanuvchi jinoyatni diniy nafrat sababli sodir etganini tan olgan. U huquqni muhofaza qiluvchi organlarga bergan ko‘rsatmasida musulmonlarni ataylab nishonga olganini, bu orqali boshqalarni ham shunday harakatlarga undashni maqsad qilganini bildirgan. Shuningdek, u savdo markazini aynan musulmonlar ko‘p tashrif buyuradigan joy deb bilgani uchun tanlaganini aytgan.

«Agar imkonim bo‘lganida, iloji boricha ko‘proq musulmonni o‘ldirgan bo‘lardim», — degan Larsen tergovchilarga.

Hujum sodir etilganidan so‘ng guvohlar politsiya kelguniga qadar ayblanuvchini ushlab turishga muvaffaq bo‘lgan. Hozirda u Solt-Leyk okrugi qamoqxonasida saqlanmoqda. Tergov ishlari davom etmoqda.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar