Mujtabo Xomanaiy: “Trampning imzosi endi ishonchga arzimaydi”

Eron oliy rahbari Mujtabo Xomanaiy AQSHni Eron bilan tuzilgan kelishuvlarga bir necha bor amal qilmaganlikda ayblab, bu holat AQSH Prezidenti Donald Tramp imzosining ishonchliligiga jiddiy putur yetkazganini ta’kidladi. Bu haqda u X ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida yozdi.
Xomanaiy bayonotida Vashington Eron bilan erishilgan anglashuv memorandumlari va o‘z zimmasiga olgan majburiyatlarni bir necha bor buzganini qayd etdi. Uning fikricha, bu AQSH rahbari imzosining “butunlay qadrsiz va ishonchsiz” ekanini yaqqol namoyon qilgan.
Eron oliy rahbari, shuningdek, AQSHni keskin ohangda ogohlantirib, “Eron xalqi va qarshilik fronti kerak bo‘lsa, Amerikaga unutilmas saboq bera olishini” ta’kidladi.
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling






























Izohlar 0
…