Faridam yangi qo‘shig‘idan parcha ulashdi (video)

Aktrisa va xonanda Faridam ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida muxlislarini hayajonga solgan yangi videoni e’lon qildi. San’atkor videoga “Qolsaydim” nomli yangi qo‘shig‘idan qisqa parchani joylashtirgani taxmin qilinmoqda.
Faridam videoga juda ta’sirli izoh ham qoldirdi. U ushbu tarona hali ham chin sevgiga ishonayotgan, yuragi bir necha bor singan bo‘lsa-da, sevishdan voz kechmagan insonlarga bag‘ishlanganini ta’kidladi.
“Bu qo‘shiq… shunday! U kutgan sevgisiga hali ham ishonayotgan, yuragi bir necha bor singan bo‘lsa ham sevishdan voz kechmagan insonlar uchun. Bir kun albatta… siz o‘zingizni hech qachon yo‘qotmaydigan, qo‘lingizni mahkam ushlaydigan, 'nihoyat uyimni topdim', deb his qildiradigan sevgiga duch kelasiz. Baxt sizni adashib emas, aynan o‘z vaqtida topsin”, — deb yozdi xonanda.
Mazkur videodan kelib chiqib, muxlislar bu “Qolsaydim” nomli yangi qo‘shiqning ilk tizeri ekanini taxmin qilmoqda. Qisqa parchaning o‘ziyoq tinglovchilarda katta qiziqish uyg‘otishga ulgurdi.






























Izohlar 0
…