AQSHda noodatiy ko‘rinishdagi yenot internet yulduziga aylandi

AQSHning Sietl shahrida yashovchi Jimoti laqabli yenot o‘zining g‘ayrioddiy tashqi ko‘rinishi sabab ijtimoiy tarmoqlarda mashhurlikka erishdi. Kam uchraydigan genetik mutatsiya tufayli u dumaloq, yumshoq sharga o‘xshab ko‘rinadi va shu jihati bilan internet foydalanuvchilarining e’tiborini tortmoqda.
Mutaxassislarning taxminiga ko‘ra, Jimotining bu holati odatda itlarda uchraydigan qisqa umurtqa sindromi bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin. Biroq bu uning faol hayot kechirishiga to‘sqinlik qilmayapti. Yenot tez yuguradi, daraxtlarga bemalol chiqadi va boshqa yenotlar singari ozuqa topishda ham juda epchil.
Noodatiy qiyofasi va chaqqon harakatlari tufayli Jimoti qisqa fursatda mahalliy aholi hamda ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari orasida haqiqiy internet yulduziga aylandi. Uning surat va videolari minglab tomoshalar hamda ijobiy izohlarni yig‘ishda davom etmoqda.






























Izohlar 0
…