Erondagi tekis qabriston ijtimoiy tarmoqlarda muhokamaga sabab bo‘ldi (video)

Erondagi tekis qabriston ijtimoiy tarmoqlarda muhokamaga sabab bo‘ldi (video)

Ijtimoiy tarmoqlarda Erondagi qabristonlardan birida tasvirga olingan video keng tarqaldi. Unda qabrlar ko‘plab mamlakatlardagidek tuproq uyumi yoki baland tepalik shaklida emas, balki yer bilan bir tekis holatda barpo etilgani aks etgan.

Videodan ko‘rish mumkinki, qabrlarning usti tekis qilingan bo‘lib, odamlar qabriston hududida bemalol yurib o‘tmoqda. Bu holat ko‘plab foydalanuvchilarda qiziqish uyg‘otib, turli munozaralarga sabab bo‘ldi.

Izohlarda ayrim kuzatuvchilar bunday usul qabristonni tartibli saqlash va parvarish qilishni yengillashtirishini ta’kidlagan bo‘lsa, boshqalar esa o‘zlari o‘rgangan an’analardan keskin farq qilgani uchun bu manzarani noodatiy deb baholamoqda.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar