Tarvuzlarni «qo‘riqlayotgan» mushukcha internet yulduziga aylandi

Tailandda yashovchi Perl laqabli mushukcha o‘zining o‘ta jiddiy qarashi va betakror qiyofasi bilan ijtimoiy tarmoqlarning haqiqiy yulduziga aylandi. Uning tarvuzlar orasida go‘yo juda muhim vazifani bajarayotgandek o‘tirgan suratlari millionlab foydalanuvchilarning e’tiborini tortmoqda.
Aslida Perl haqiqiy tarvuz yetishtiriladigan fermada yashaydi. Hosil yig‘ib olingan pallada u tarvuzlar yonida deyarli qimirlamay o‘tirishi bilan mashhur bo‘lgan. Uning jiddiy nigohi va «ishga berilgan» qiyofasi ko‘pchilikka zavq bag‘ishlagan.
Ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari Perlning qoshlari chimirilgandek ko‘rinadigan qat’iyatli chehrasiga hazilomuz munosabat bildirib, unga «Tarvuzlar bo‘yicha bosh inspektor» degan norasmiy unvonni berishgan. Ko‘pchilik uning suratlariga kulgili izohlar qoldirib, mushukchani internetdagi eng mehnatkash «xodimlardan» biri deb atashmoqda.






























Izohlar 0
…