1 avgustdan Eronda avtomobillar uchun gaz bepul bo‘ladi

1 avgustdan Eronda avtomobillar uchun gaz bepul bo‘ladi

Eronda 1 avgustdan boshlab avtomobillar uchun gaz bepul tarqatiladi. Bu haqda Tasnim axborot agentligi xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, hukumat aholini qo‘llab-quvvatlash, transport xarajatlarini kamaytirish hamda benzin iste’molini qisqartirish maqsadida maxsus aksiyani yo‘lga qo‘ymoqda. Shu munosabat bilan mamlakat bo‘ylab mingdan ortiq gaz quyish shoxobchasi ishtirokida "Eron uchun birlashamiz: Eron xalqi uchun bepul gaz" kampaniyasi start oladi.

Mutasaddilarning ta’kidlashicha, mazkur tashabbus energiya resurslaridan yanada oqilona foydalanishni rag‘batlantirish va aholining xarajatlarini yengillashtirishga qaratilgan. Kampaniya 1 avgustdan rasman boshlanib, unda mamlakatning turli hududlaridagi gaz quyish shoxobchalari ishtirok etadi.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar