Devid Bekxem JCH-2026 orqali qancha pul ishladi?

Angliya terma jamoasining sobiq sardori Devid Bekxem 2026 yilgi futbol bo‘yicha jahon chempionati davomida ishtirok etgan reklama kampaniyalari orqali taxminan 25 million AQSH dollari daromad qildi. Bu haqda Marca xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, Bekxem kamida 11 ta mashhur brendning reklama kampaniyalarida ishtirok etgan. U chips va pivodan tortib, bank xizmatlarigacha bo‘lgan turli mahsulot va xizmatlarni targ‘ib qilgan.
Uning reklama orqali topgan daromadi jahon chempionatida chiqish qilgan mashhur san’atkorlar gonorarlaridan ham yuqori bo‘ldi. Xususan, ochilish va yopilish marosimlarida ishtirok etgan xonanda Shakira 20 million dollar ishlagan bo‘lsa, final uchrashuvi tanaffusida qo‘shiq kuylagan Jastin Biber 16 million dollar gonorar olgan.






























Izohlar 0
…