Rossiyadan yuborilgan shokoladlar ichidan qariyb 1 kg gashish topildi

Rossiyadan yuborilgan shokoladlar ichidan qariyb 1 kg gashish topildi

Xorazm va Namangan viloyatlarida o‘tkazilgan tezkor tadbirlar davomida qariyb 1 kilogramm gashish moddasi fosh etildi. Bu haqda Davlat xavfsizlik xizmati ma’lum qildi.

Aniqlanishicha, Xorazm viloyatida 2000 yilda tug‘ilgan, muqaddam sudlangan fuqaro Rossiyadan taksi orqali yuborilgan jo‘natmani qabul qilib olayotgan vaqtida qo‘lga olingan. Tekshiruv chog‘ida jo‘natma ichidagi 10 dona shokolad qadoqlariga yashirilgan jami 967 gramm gashish topilib, ashyoviy dalil sifatida rasmiylashtirilgan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilgan bo‘lib, hozirda tergov harakatlari davom ettirilmoqda.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar