50 kiloli ulkan laqqa baliq internetni hayratga soldi (video)

50 kiloli ulkan laqqa baliq internetni hayratga soldi (video)

Ijtimoiy tarmoqlarda bir necha kishining ulkan laqqa baliqni suvdan qirg‘oqqa olib chiqayotgani aks etgan video keng muhokamalarga sabab bo‘ldi. Videoni e’lon qilganlar baliqning og‘irligi taxminan 50 kilogramm ekanini ta’kidlashmoqda.

Kadrlarda ko‘rinishicha, yirik baliqning og‘irligi sabab uni suvdan chiqarish uchun 5–6 nafar kishi birgalikda harakat qilgan. Bir necha daqiqalik urinishlardan so‘ng ular baliqni qirg‘oqqa olib chiqishga muvaffaq bo‘lishadi.

Mazkur video qisqa fursatda minglab tomoshalarni yig‘ib, ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari orasida qizg‘in muhokamalarga sabab bo‘ldi. Ayrimlar baliqning ulkan o‘lchamidan hayratlangan bo‘lsa, boshqalar uning qayerda tutilgani bilan qiziqish bildirmoqda.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar