Angliyalik gimnastikachi chiqish vaqtida og‘ir jarohat oldi

Glazgoda otkazilayotgan Commonwealth oyinlarida Angliya terma jamoasi azosi Gabriel Langton chiqish vaqtida ogir jarohat oldi. Murakkab elementni bajarishga uringan 19 yoshli sportchi muvaffaqiyatsiz qonish oqibatida gilamga qattiq yiqilib, musobaqaning bir muddat toxtatilishiga sabab boldi. Voqea joyida birinchi tibbiy yordam korsatilgan gimnast maxsus zambilda shifoxonaga olib ketildi va hozircha uning aniq tashxisi malum qilinmadi.
Glazgoda o‘tkazilayotgan Commonwealth o‘yinlari davomida Angliya terma jamoasi a’zosi, 19 yoshli gimnast Gabriel Langton bilan noxush hodisa yuz berdi.
Musobaqa vaqtida murakkab elementlardan birini bajarishga uringan sportchi muvaffaqiyatsiz qo‘nish oqibatida muvozanatini yo‘qotib, gilamga qattiq yiqildi. Voqeadan so‘ng musobaqa bir muddat to‘xtatildi va maydonga o‘nlab tibbiyot xodimlari hamda qutqaruvchilar kirib kelishdi.
Gabriel Langtonga voqea joyida birinchi tibbiy yordam ko‘rsatilgach, u maxsus zambilda shifoxonaga olib ketildi. Sportchining jarohati jiddiy ekani aytilayotgan bo‘lsa-da, u maydonni tark etayotganida qo‘l va oyoqlarini qimirlatgani muxlislar va jamoadoshlarini biroz xotirjam qildi.
Hozircha gimnastning aniq tashxisi va sog‘lig‘i yuzasidan rasmiy ma’lumot berilmagan. Shunga qaramay, ijtimoiy tarmoqlarda minglab muxlislar unga tezroq sog‘ayib, sport maydonlariga qaytishini tilab xabarlar qoldirmoqda.






























Izohlar 0
…