
Ekspertlar dunyoning eng sog‘lom mamlakatlari ro‘yxatini tuzib chiqishdi. Reytingda Italiya birinchi o‘rinni egalladi va dunyoning eng sog‘lom mamlakati deb tan olindi.
Ikkinchi o‘rinni Islandiya, uchinchi o‘rinni esa Shveysariya qo‘lga kiritdi.
Mutahassislarning ma’lumotlariga ko‘ra, Italiyada tug‘ilgan chaqaloqning 80 yoshgacha yashash imkoniyati bor. Bu erda qarilik yoshiga etish ancha oson. Reytingni tuzishda ekspertlar 163 mamlakat haqidagi turli ma’lumotlarga asoslandilar va umrning uzoqligi, o‘lim sabablari hamda yukori qon bosimi, semizlik, noto‘g‘ri ovqatlanish va toza suv tanqisligi kabi hayot uchun xavfli omillarni hisobga oldilar.
Ekspertlar Italiya dunyoning eng sog‘lom mamlakatlari reytingida etakchi o‘rinni egallashini mamlakatdagi tibbiyotning yuqori sifati, sabzavotlar va zaytun yog‘i bilan boyitilgan parhez, yangi barra mahsulotlar, mevalar, yog‘siz go‘sht va baliqni iste’mol qilish bilan bog‘lamoqdalar.
Eng sog‘lom 10 ta mamlakatlarning to‘liq ro‘yxati quyidagicha:
1.Italiya
2.Islandiya
3.Shvesariya
4.Singapur
5.Avstraliya
6.Ispaniya
7.Yaponiya
8.Shvesiya
9.Isroil
10. Lyuksemburg “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar