AQSHda 20 yil qidiruvdagi qotillik gumondori Meksikada politsiya xodimi sifatida ishlab yurgan

AQSHning Ogayo shtatida 2004 yilda yuz bergan qotillik ishi bo‘yicha qidiruvda bo‘lgan Antonio Liano deyarli 20 yildan keyin ushlandi. Ma’lum bo‘lishicha, u Meksikada nafaqat yashirinib yurgan, balki mahalliy politsiya xodimi sifatida ishlagan.
Liano Ogayodagi barlardan birida chiqqan janjal va undan keyingi otishmada bir kishining o‘limiga aloqadorlikda ayblangan. 2005 yilda sud uni hibsga olish uchun order bergan. Shundan so‘ng u Meksikaga qochib ketgan.
Qidiruvdagi shaxs Oaxaka shtatidagi kichik shaharlardan birida muqim yashay boshlagan. U vaqt o‘tishi bilan mahalliy aholi orasida ishonch qozongan va politsiya safiga qabul qilingan.
Antonio Liano aynan politsiyachi bo‘lib ishlab turgan paytida qo‘lga olindi. Endi u Ogayoda qariyb 20 yil avval sodir etilgan qotillik ishi bo‘yicha javob berishi kutilmoqda.































Izohlar 0
…