Harbiy libosni eslatuvchi kiyimlar uchun ma’muriy javobgarlik qo‘llaniladi

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi harbiy va idoraviy xizmat kiyimlariga adashtirib yuborish darajasida o‘xshash formalardan foydalanish uchun ma’muriy javobgarlik belgilashni nazarda tutuvchi qonun loyihasini birinchi o‘qishda ma’qulladi.
Loyihaga ko‘ra, davlat organlarining rasmiy harbiy yoki idoraviy formasini eslatadigan, shuningdek, ulardagi farqlovchi belgilar va ramzlarni takrorlaydigan kiyimlarni joriy etish hamda kiyish taqiqlanishi mumkin.
Bunday liboslar odamlarda noto‘g‘ri tasavvur uyg‘otishi, fuqarolarni chalg‘itishi va davlat organlari nufuziga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkinligi qayd etilgan. Ayrim holatlarda shaxslar shu kabi kiyimlar orqali o‘zini davlat xodimi sifatida ko‘rsatib, boshqalarning ishonchidan foydalanishi ehtimoli ham bor.
Hozircha qonun loyihasi faqat birinchi o‘qishda qabul qilingan. Demak, undagi normalar hali kuchga kirmagan va hujjat keyingi bosqichlarda yana ko‘rib chiqiladi.































Izohlar 0
…