Samarqand viloyatida ovqatlanish shahobchasidagi katta yong‘in 50 daqiqada o‘chirildi

28 iyul kuni tunda Samarqand viloyatining Bulung‘ur tumanidagi umumiy ovqatlanish binosida yong‘in chiqdi. Shoxobcha M-39 avtomagistrali bo‘yida joylashgan.
Hodisa haqida viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasiga xabar berilganidan so‘ng yong‘in-qutqaruv ekipajlari zudlik bilan voqea joyiga chiqqan. Ular 13 daqiqa ichida manzilga yetib kelgan.
Qutqaruvchilarning harakatlari natijasida yong‘in salkam 50 daqiqada to‘liq o‘chirilgan. Rasmiy ma’lumotda tan jarohati olganlar yo‘qligi qayd etildi.
Ayni vaqtda mutaxassislar yong‘in nima sababdan kelib chiqqanini va qancha moddiy zarar yetganini o‘rganmoqda.
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling































Izohlar 0
…