Egasining qabrini oylardan beri tark etmayotgan mushuk barchaga o‘rnak bo‘lmoqda

Turkiyaning Aydin viloyatida vafot etgan 75 yoshli ayolning mushugi oylardan beri uning qabri yonini tark etmayapti. Jonivorning har kuni bir joyda qolishi qabriston xodimlari va bu yerga keluvchilar e’tiborini tortgan.
Qabriston xodimlari mushuk doim bir qabr boshida o‘tirganini payqab, uning kimga tegishli ekanini surishtirgan. Ma’lum bo‘lishicha, mushuk vafot etgan ayolning uyida parvarishlangan va u bilan birga yashagan.
Ayolning vafotidan keyin mushukning qabristonga qanday kelib qolgani aniq emas. Biroq u oylar davomida egasining qabri yonida yashab, deyarli u yerdan ketmayotgani aytilmoqda.
Qabristonga tashrif buyuruvchilar mushukka suv va yegulik qoldirishmoqda. Ko‘pchilik jonivorning egasiga bo‘lgan bog‘liqligini uning vafodorligi sifatida qabul qilmoqda.































Izohlar 0
…