Yaponiyada 400 yillik o‘rgimchaklar jangi an’anasi saqlanmoqda (video)

Yaponiyada 400 yildan ortiq tarixga ega o‘rgimchaklar jangi musobaqasi hanuzgacha o‘tkazilmoqda. Rivoyatlarga ko‘ra, XVI asr oxirida samuraylar bu an'anani jangovar ruhni oshirish va ko‘ngilochar mashg‘ulot sifatida yo‘lga qo‘ygan. Ishtirokchilar urg'ochi o‘rgimchaklarni tutib, maxsus parvarish qiladi, bellashuvda esa raqibini birinchi bo‘lib chaqqan, to‘rga o‘ragan yoki tayoqdan tushirib yuborgan o‘rgimchak g‘olib bo‘ladi.
Yaponiyada 400 yildan ortiq tarixga ega bo‘lgan o‘rgimchaklar jangi musobaqasi bugungi kungacha davom etib kelmoqda. Rivoyatlarga ko‘ra, XVI asr oxirida samuraylar ushbu an’anani jangovar ruhni oshirish va ko‘ngilochar mashg‘ulot sifatida yo‘lga qo‘ygan.
Musobaqaga tayyorgarlik ko‘rish uchun ishtirokchilar urg‘ochi o‘rgimchaklarni tutib, ularni maxsus parvarish qiladi. Garchi o‘rgimchaklar zaharli bo‘lsa-da, ularning zahari inson uchun jiddiy xavf tug‘dirmaydi.
Bellashuvda o‘rgimchaklar maxsus tayoq ustida to‘qnashadi. Raqibini birinchi bo‘lib chaqqan, to‘rga o‘ragan yoki tayoqdan pastga tushirib yuborgan o‘rgimchak g‘olib deb topiladi. Mazkur noodatiy musobaqa Yaponiyaning qadimiy an’analaridan biri sifatida hanuzgacha qiziqish uyg‘otib kelmoqda.






























Izohlar 0
…