
AQSh prezidenti Donald Tramp dunyo qoidalarini buzmaydi, deb hisoblaydi Fransiya etakchisi Emmanuel Makron. Kun.uz nashri shu haqda xabar berdi.
"Tramp dunyo, shu jumladan erkin savdo sohasidagi qonun-qoidalarini buzmaydi. U qandaydir ikki tomonlama kelishuvlarni qayta ko‘rib chiqishi mumkin, lekin ko‘p tomonlama bitimlarini hurmat qiladi. Jahon savdo tashkiloti qoidalari muhokama qilinmaydi", - dedi Makron.
U shuningdek Amerika prezidentini qat’iy va kuchli shaxs sifatida e’tirof etdi. "Shu bilan birga u ochiq va pragmatik hamdir. Eshita oluvchi va to‘g‘risini gapiruvchi haqiqiy realist", - dedi Fransiya prezidenti.
Makronning so‘zlariga ko‘ra, Taormindagi G7 sammitida demokratiya etakchilari qadriyatlar jamiyati qanday bo‘lishini namoyon qilishdi, Tramp ham buning bir bo‘lagidir.
"U chetda turmaydi, u o‘z rolini bajaradi", - deya ta’kidladi fransuzlar rahbari.
27 may kuni Italiyaning Taormin shahrida "Katta ettilik" sammiti bo‘lib o‘tdi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing