83 yillik turmush: Ginnes rekordini o‘rnatgan dunyodagi eng keksa juftlik

Layl Gittens va Eleonora Gittens umumiy yoshi 216 yildan oshgani uchun dunyodagi eng keksa turmush qurgan juftlik sifatida Ginnes rekordini o'rnatgan. Hozirda Layl Gittens 108 yoshda, Eleonora Gittens esa 107 yoshda bo'lib, ular AQSHning Florida shtati, Mayami shahrida istiqomat qiladi. Juftlik 1941 yilda universitetda tanishib, 1942 yilda oila qurgan va 83 yildan ortiq birga hayot kechirgan. Ular uzoq nikohining sirini "Sevgi, sevgi va yana sevgi" deya izohlagan.
Guinness World Records ma’lumotlariga ko‘ra, hozirda dunyodagi eng keksa turmush qurgan juftlik sifatida Layl Gittens va Eleonora Gittens e’tirof etilgan. AQSHning Florida shtati, Mayami shahrida istiqomat qilayotgan er-xotinning umumiy yoshi 216 yildan oshgani bilan rekord o‘rnatgan.
Bugungi kunda Layl Gittens 108 yosh, Eleonora Gittens esa 107 yoshda. Ular ilk bor 1941 yilda universitetda tanishgan va oradan bir yil o‘tib, 1942 yilda oila qurgan. O‘sha vaqtda Layl kollej basketbol jamoasida o‘ynagan, Eleonora esa o‘yinni qo‘llab-quvvatlash uchun kelgan. Shunday qilib, juftlik 83 yildan ortiq vaqt davomida baxtli hayot kechirib kelmoqda.
Uzoq va mustahkam nikohning siri haqida so‘ralganda, er-xotin qisqa, ammo mazmunli javob bergan:
“Sevgi, sevgi va yana sevgi.”
Aynan shu oddiy, ammo chuqur ma’noga ega tamoyil ularning uzoq yillik baxtli hayotining asosiy kaliti ekanini ta’kidlashadi.































Izohlar 0
…