O‘zbekistonda pulli avtomobil yo‘llari bo‘yicha yangi tartib tasdiqlandi

1 daqiqa o'qish135
O‘zbekistonda pulli avtomobil yo‘llari bo‘yicha yangi tartib tasdiqlandi
QisqachaAI yordamida tayyorlanganKo‘rsatish
  • O‘zbekistonda pulli avtomobil yo‘llarini tashkil etish, ulardan foydalanish va boshqarish tartibini belgilovchi «Avtomobil yo‘llari to‘g‘risida»gi O‘RQ–1162-son Qonun 2026 yil 5 avgustda qabul qilindi.
  • Pulli yo‘llarni qurish, rekonstruksiya qilish va ulardan foydalanish to‘g‘risidagi qaror O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti yoki Vazirlar Mahkamasi tomonidan qabul qilinadi, bunda parallel ravishda yaroqli muqobil bepul yo‘l mavjud bo‘lishi kerak.

O‘zbekistonda pulli avtomobil yo‘llarini tashkil etish, ulardan foydalanish hamda boshqarish tartibini belgilaydigan yangi huquqiy asos qabul qilindi. «Avtomobil yo‘llari to‘g‘risida»gi Qonun (O‘RQ–1162-son, 2026 yil 5 avgust) bilan ushbu sohadagi qator muhim normalar rasman tasdiqlandi.

Mazkur qonunga muvofiq, avtomobil yo‘llarini ta’mirlash, saqlash va ularning texnik holatini talab darajasida ushlab turish ishlari yo‘l egalari tomonidan amalga oshiriladi. Zarur holatlarda bu ishlarga ixtisoslashtirilgan yo‘l tashkilotlari ham jalb qilinishi mumkin.

Shuningdek, yirik gabaritli va og‘ir vaznli transport vositalarining avtomobil yo‘llarida harakatlanishiga faqat maxsus vakolatli organ yoki uning tizimidagi tegishli idoralar tomonidan berilgan maxsus ruxsatnoma mavjud bo‘lgan taqdirdagina ruxsat etiladi. Bu tartib yo‘llarning texnik holatini saqlash va xavfsiz harakatni ta’minlashga xizmat qiladi.

Qonunga ko‘ra, pulli avtomobil yo‘llarini qurish, rekonstruksiya qilish hamda ulardan foydalanish to‘g‘risidagi qaror O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti yoki o‘z vakolatlari doirasida Vazirlar Mahkamasi tomonidan qabul qilinadi.

Ayni paytda muhim shartlardan biri sifatida rejalashtirilayotgan pulli avtomobil yo‘liga parallel ravishda fuqarolar uchun lozim darajadagi va foydalanishga yaroqli muqobil bepul avtomobil yo‘li mavjud bo‘lishi belgilandi. Bu esa haydovchilarga tanlov imkoniyatini saqlab qolishga qaratilgan.

Qonunga muvofiq, transport vositasi haydovchisi pulli avtomobil yo‘lidan foydalanish uchun operator bilan ommaviy shartnoma tuzishi lozim. Bu quyidagi usullardan biri orqali amalga oshiriladi:

  • pulli avtomobil yo‘liga kirish orqali;

  • harakatlanish uchun to‘lovni maxsus to‘lov punktida amalga oshirish orqali;

  • yo‘l talonini xarid qilish orqali.

Shu bilan birga, pulli avtomobil yo‘lidan harakatlanish uchun to‘lov joriy etilishi haydovchilarga yuqori tezlik rejimida harakatlanish imkoniyati, butun yo‘nalish davomida yuqori darajadagi servis xizmatlari va zamonaviy infratuzilmadan foydalanish sharti bilan amalga oshirilishi belgilangan.

Yangi qonunning qabul qilinishi mamlakatda avtomobil yo‘llari infratuzilmasini yanada rivojlantirish, transport harakati xavfsizligini oshirish, yo‘llarni sifatli saqlash va haydovchilar uchun zamonaviy xizmatlar ko‘lamini kengaytirishga xizmat qilishi kutilmoqda.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?