Muhammad Salohga Turkiyadan noodatiy sovg‘a qilindi

Muhammad Salohga Turkiyaning Trabzon viloyatidan yer uchastkasi sovg'a qilish taklifi bildirildi. Bu taklifni Arakli tumani hokimi Husayn Avni Cho'skun Chebi futbolchi bilan uchrashuv chog'ida ilgari surdi. U Trabzon kelajakda global isish oqibatlaridan nisbatan kamroq zarar ko'rishi va suv ta'minoti bilan bog'liq muammolar keskin bo'lmasligini aytdi. 34 yoshli Saloh «Liverpul»dagi to'qqiz yillik faoliyatidan so'ng «Trabzonspor» klubiga o'tdi.
Misrlik futbol yulduzi Muhammad Salohning Turkiyaning «Trabzonspor» klubiga o‘tishi ortidan uning atrofida yana bir qiziq voqea yuz berdi. Futbolchiga Trabzon viloyatidan yer uchastkasi sovg‘a qilish taklifi bildirildi. Bu haqda turk va xorijiy nashrlar xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, noodatiy sovg‘ani Arakli tumani hokimi Husayn Avni Cho‘shkun Chebi taklif qilgan. U Saloh bilan uchrashuv chog‘ida Trabzonning tabiiy sharoiti va kelajakdagi iqlim xavflari haqida gapirib, futbolchiga ushbu hududdan «chiroyli bir yer» taklif qilgan.
Rasmiy bu hudud kelajakda global isish oqibatlaridan nisbatan kamroq zarar ko‘rishi mumkinligini ta’kidlagan. Uning so‘zlariga ko‘ra, Trabzon kelajakda yashash uchun qulay hududlardan biri bo‘lib qolishi, suv ta’minoti bilan bog‘liq muammolar esa boshqa ayrim mintaqalardagidek keskin bo‘lmasligi mumkin.
«Bu farzandlaringiz va nabiralaringiz uchun ajoyib joy. Bu yerda suv bilan bog‘liq muammolar bo‘lmaydi va hudud iqlim o‘zgarishidan deyarli ta’sirlanmaydi», — degan Chebi.

Qayd etish joiz, Salohning «Trabzonspor»ga transferi Turkiyada katta shov-shuv bilan kutildi. 34 yoshli futbolchi «Liverpul»dagi to‘qqiz yillik faoliyatidan so‘ng jamoani tark etib, Turkiya klubiga qo‘shildi.






























Izohlar 0
…