Markaziy bank mijozlar eng ko‘p shikoyat qilgan banklarni e’lon qildi

O‘zbekiston Markaziy bankiga 2026 yilning II choragi yakunlari bo‘yicha banklar faoliyatiga oid jami 11 331 ta murojaat va shikoyat kelib tushgan. Faol mijozlar soniga nisbatan shikoyatlar ulushini aks ettiruvchi indeksda AVO Bank 4,42, BHM 2,78 va MKBank 2,69 ko‘rsatkich bilan eng yuqori natijalarni qayd etgan. Markaziy bank ushbu indeks banklarning moliyaviy barqarorligi yoki ishonchliligini baholamasligini ta'kidladi.
O‘zbekiston Markaziy banki 2026 yilning II choragi yakunlari bo‘yicha tijorat banklari faoliyati yuzasidan kelib tushgan murojaatlar tahlilini taqdim etdi. Hisobot davrida megulyator manziliga to‘g‘ridan to‘g‘ri va boshqa davlat organlari orqali banklar faoliyatiga oid jami 11 331 ta murojaat va shikoyat kelib tushgan.
Murojaatlarni xolis baholash va banklarning real holatini ko‘rsatish maqsadida Markaziy bank maxsus indeksni (faol mijozlar soniga nisbatan kelib tushgan shikoyatlar ulushi) hisoblab chiqdi.
Aholi eng ko‘p shikoyat qilgan top-3 bank
Indeks ko‘rsatkichlariga ko‘ra, mijozlar e’tirozlari va shikoyatlari ulushi eng yuqori bo‘lgan banklar uchligi quyidagicha ko‘rinish oldi:

Markaziy bank eslatmasi: «Ushbu indeks bankning moliyaviy barqarorligi yoki ishonchliligi bahosi emas. U faqatgina bankning faol mijozlari soniga nisbatan kelib tushgan shikoyatlarning foiz va ulush ko‘rsatkichini aks ettiradi», — deyiladi regulyator xabarida.
Sifatni oshirish va tizimli muammolarni hal qilish talab etildi
Markaziy bank tijorat banklari rahbariyatiga kelib tushayotgan murojaatlarning kelib chiqish sabablarini chuqur tahlil qilib chiqishni tavsiya etdi.
Shuningdek, takroriy shikoyatlarga sabab bo‘layotgan tizimli kamchiliklarni zudlik bilan bartaraf etish, mijozlarga xizmat ko‘rsatish sifatini oshirish hamda bank xizmatlari iste’molchilarining huquqlarini muhofaza qilish bo‘yicha tegishli topshiriq va tavsiyalar berildi.
Fikringizni izohda qoldiring va maqolani tanishlaringizga Telegram yoki boshqa ijtimoiy tarmoqlar orqali ulashing.































Izohlar 0
…