Tik tokda jonli efir paytida suvli idishiga boshi bilan kirgan yigit qaytib chiqolmay qoldi

Turkiyada yigit TikTok’dagi jonli efir vaqtida boshi bilan suv solingan katta idishga kirib, undan qaytib chiqa olmagan. Idishning ichki qismi tor bo‘lgani sabab u suv ichida tiqilib qolgan va hayotini saqlab qolish imkoni bo‘lmagani haqida xabarlar tarqalgan. Hodisa efirni kuzatayotganlar tomonidan real vaqt rejimida ko‘rilgan, biroq ma'lumotlar rasmiy manbalar tomonidan hali to‘liq tasdiqlanmagan.
Turkiyada ijtimoiy tarmoq uchun xavfli tryuk namoyish qilgan yigit bilan bog‘liq og‘ir hodisa haqida ma’lumotlar tarqaldi. U jonli efir vaqtida suv solingan katta idishga boshi bilan kirgan.
Ma’lumotlarga ko‘ra, idishning ichki qismi tor bo‘lgani sabab yigit o‘zini burib, orqaga chiqish imkoniga ega bo‘lmagan. Natijada u suv ichida tiqilib qolgan.
Efirni kuzatayotganlar voqeani real vaqt rejimida ko‘rgan. Unga yordam berishga urinishlar bo‘lgani aytilmoqda, biroq yigitning hayotini saqlab qolish imkoni bo‘lmagani haqida xabarlar bor.
Shu bilan birga, hodisa hali rasmiy manbalar tomonidan to‘liq tasdiqlanmagan. Yigit kim ekani va voqea Turkiyaning qaysi hududida sodir bo‘lgani ham ochiqlanmagan.
Bunday holatlar ijtimoiy tarmoq uchun xavfli tryuklar tayyorlashda ehtiyotsizlik qanday og‘ir oqibatga olib kelishi mumkinligini ko‘rsatadi.































Izohlar 0
…