O‘zbekistonda o‘zidan katta ayolga uylangan erkaklar soni 11 mingdan oshdi

O‘zbekistonda o‘zidan katta ayolga uylangan erkaklar soni 11 mingdan oshdi
Qisqacha

2025 yilda O‘zbekistonda kelin kuyovdan katta yoshda bo‘lgan 11 mingdan ziyod nikoh qayd etilgan. Eng yuqori ko‘rsatkich Toshkent shahrida kuzatilib, u yerda 1 809 nafar erkak o‘zidan katta yoshdagi ayol bilan nikohdan o‘tgan. Xorazmda 1 066 ta, Qashqadaryoda 995 ta, Buxoroda 979 ta, Samarqandda 967 ta, Toshkent viloyatida 928 ta, Surxondaryoda 850 ta, Qoraqalpog‘iston Respublikasida 772 ta va Farg‘ona viloyatida 715 ta shunday nikoh rasmiylashtirilgan.

2025 yilda O‘zbekistonda 11 mingdan ziyod nikohda kelin kuyovdan katta yoshda bo‘lgan. Milliy statistika qo‘mitasi ushbu nikohlarning hududlar bo‘yicha taqsimotini ham e’lon qildi.

Eng yuqori natija Toshkent shahrida kuzatilgan. Poytaxtda 1 809 nafar erkak o‘zidan katta yoshdagi ayol bilan nikohdan o‘tgan.

Xorazmda bunday nikohlar soni 1 066 tani tashkil etgan. Qashqadaryoda 995 ta, Buxoroda 979 ta, Samarqandda esa 967 ta holat qayd qilingan.

Toshkent viloyatida 928 ta, Surxondaryoda 850 ta, Qoraqalpog‘iston Respublikasida 772 ta va Farg‘ona viloyatida 715 ta shunday nikoh rasmiylashtirilgan. Namanganda bu ko‘rsatkich 509 ta, Andijonda esa 486 ta bo‘lgan.

Ro‘yxatning eng quyi qismida Jizzax 373 ta, Navoiy 351 ta va Sirdaryo 240 ta nikoh bilan joy olgan.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar