O‘zbekistonning oltin-valyuta zaxiralari bir oyda qariyb 590 mln dollarga ko‘paydi

O‘zbekistonning oltin-valyuta zaxiralari bir oyda  qariyb 590 mln dollarga ko‘paydi
Qisqacha

O'zbekistonning xalqaro zaxiralari 1 avgust holatiga 64,34 milliard dollarga yetib, bir oyda qariyb 590 million dollarga oshdi. Zaxiralar tarkibidagi oltinning qiymati 56,12 milliard dollarni, valyuta zaxiralari esa 7,65 milliard dollarni tashkil etdi. Oltinning fizik hajmi biroz kamayib, 13,85 million troy unsiyasi yoki taxminan 430,8 tonnaga tushdi.

O‘zbekistonning oltin-valyuta zaxiralari iyun oyidagi pasayishdan keyin yana o‘sish qayd etdi. Markaziy bank ma’lumotiga ko‘ra, 1 avgust holatida mamlakatning xalqaro zaxiralari 64,34 milliard dollarga yetgan. Bu bir oy ichida qariyb 590 million dollarlik o‘sish demakdir.

Zaxiralar tarkibidagi oltinning qiymati 56,12 milliard dollarni tashkil etdi. Shu bilan birga, oltinning fizik hajmi biroz kamayib, 13,85 million troy unsiyasiga, ya’ni taxminan 430,8 tonnaga tushgan.

Valyuta zaxiralari ham o‘sgan va 7,65 milliard dollarga yetgan.

Jahon oltin kengashi ma’lumotiga ko‘ra, O‘zbekiston yilning birinchi yarmi davomida jami 41 tonna oltin xarid qilgan. Faqat iyun oyining o‘zida mamlakat 9 tonna oltin sotib olgan.

Shu natija bilan O‘zbekiston iyun oyida oltin xaridi bo‘yicha Polsha va Xitoydan keyin dunyoda uchinchi o‘rinni egallagan.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar