Qaynonasini itarib yuborgani uchun kuyovga 10 sutka qamoq jazosi berildi

Qaynonasini itarib yuborgani uchun kuyovga 10 sutka qamoq jazosi berildi
Qisqacha

Buxoro viloyatida qaynonasi bilan janjal paytida uni itarib yuborgan kuyovga 10 sutka ma'muriy qamoq jazosi tayinlandi. Voqeadan so'ng ayol sudga murojaat qilgan. Sudda erkakning harakatlariga huquqiy baho berilib, u qilgan ishidan pushaymonligini bildirgan va qaynonasidan uzr so'ragan.

Buxoro viloyatida oilaviy kelishmovchilik ortidan qaynonasi bilan janjallashib qolgan kuyov 10 sutkaga ma’muriy qamoq jazosiga tortildi.

Aniqlanishicha, tortishuv vaqtida erkak qaynonasini itarib yuborgan. Shundan keyin ayol holat yuzasidan sudga murojaat qilgan.

Ish sudda ko‘rib chiqilib, erkakning harakatiga huquqiy baho berildi. Yakunda unga 10 sutka ma’muriy qamoq jazosi tayinlandi.

Sud jarayonida kuyov qilgan ishidan pushaymon ekanini bildirib, qaynonasidan uzr so‘ragan. U bunday holat boshqa takrorlanmasligini ham aytgan.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar